Mostbet’da depozit va pul yechish
UZS hisobini to‘ldirish odatda 1–2 daqiqa, chek yuklanadigan o‘tkazmalar 10–20 daqiqa oladi. Pul yechish so‘rovi ko‘pincha bir necha daqiqada ko‘rib chiqiladi, lekin 72 soatgacha cho‘zilishi mumkin.

Hisobni to‘ldirish va pul yechish bitta kassada bajariladi. Usullar ro‘yxati hisob valyutasi va mamlakatga qarab shakllanadi, shuning uchun UZS hisobida boshqa valyutadagi hisobdan farqli variantlar chiqadi. Kassadagi valyuta ham o‘zgarmaydi: u bir marta, akkaunt yaratilayotganda tanlanadi. Minimal va maksimal summa har bir usul oynasida yoziladi.
- Pul yechishdan oldin depozit tarixiga qarang
- Mablag‘ hisob qaysi usul bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, o‘sha usul bilan qaytariladi. To‘lov vositasi egasi hisob egasi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
UZS hisobi uchun to‘lov usullari
Operatorning yordam bo‘limida O‘zbekiston hisoblari uchun shunday usullar tavsiflangan.
- Uzcard (Birpay) — bank ilovasi orqali oluvchi kartasiga o‘tkazma va chek skrinshoti; hisobga 10 daqiqa ichida tushadi.
- Visa va Mastercard — bank kartasi bilan odatiy to‘lov.
- P2P — tizim so‘rovni tanlaydi, siz ko‘rsatilgan kartaga taymer tugaguncha pul o‘tkazasiz.
- MostBetPay cards to cards — kartadan kartaga o‘tkazma.
- Onlayn-banking va kriptovalyutalar (Bitcoin, USDT, Ethereum, TRON va boshqalar).
- Telegram Wallet — Telegram ichidagi hamyon.
Kriptovalyuta bilan to‘ldirganlar uchun alohida «Криптомания» aksiyasi bor, u frispinlar beradi. MostbetCash orqali qilingan to‘lovga xush kelibsiz bonusi berilmaydi. Boshqa usullarda birinchi depozitga 125% gacha qo‘shiladi, keyingi to‘rt bosqichning foizlari esa xush kelibsiz paketi jadvalida keltirilgan.
Depozit qanday qilinadi
Saytning o‘ng yuqori burchagidagi «Пополнить» tugmasini bosing, usulni tanlang va summani kiriting. Operator depozit uchun komissiya olmaydi, lekin bank yoki hamyon o‘z xizmat haqini qo‘shishi mumkin.
- Kassada usulni tanlang va summani yozing.
- Uzcard Birpay yoki P2P tanlangan bo‘lsa, ekrandagi karta raqamini nusxalang.
- Bank ilovasida «Переводы» bo‘limidan aynan shu summani o‘tkazing.
- O‘tkazma tafsilotlari sahifasining skrinshotini oling va kassadagi maydonga yuklang.
- «Пополнить» yoki «Подтвердить перевод» tugmasini bosing va so‘rov raqamini saqlab qo‘ying.
Odatda pul 1–2 daqiqada tushadi, kamdan-kam holatda bir soatgacha vaqt oladi. Chek yuklanadigan o‘tkazmalarda kutish 10–20 daqiqagacha cho‘ziladi, P2P tekshiruvi esa odatda 5 daqiqadan kam. P2P taymeri tugab qolsa, operatsiya to‘xtaydi va yangi so‘rov ochishga to‘g‘ri keladi.
Pul yechish tartibi
Yuqori burchakdagi «Личный кабинет» menyusidan «Вывести со счёта» bo‘limiga o‘ting. Usulni, summani va rekvizitni kiriting, so‘ng «Заказать выплату» tugmasini bosing. Rekvizitga birinchi marta pul chiqarilayotgan bo‘lsa, telefon raqamiga tasdiqlash kodi kelishi mumkin.
So‘rov uch holatdan birida bo‘ladi: «В обработке» — ko‘rib chiqilmoqda, «Оплачено» — pul rekvizitga yuborilgan, «Не выполнен» — to‘lov amalga oshmagan. Barcha so‘rovlar «История запросов» ro‘yxatida saqlanadi. So‘rov hali tekshiruvda turgan paytda «Отменить вывод» tugmasi bilan uni bekor qilish mumkin, pul esa balansga qaytadi. Katta summa bir necha qismga bo‘lib to‘lanishi ham mumkin.
Muddat, limit va aylantirish talabi
Yechib olish so‘rovlarining aksariyati bir necha daqiqada yopiladi, eng uzoq muddat esa 72 soat. Bir martalik minimal va maksimal summa usul va valyutaga bog‘liq, ular pul yechish formasini to‘ldirayotganda ko‘rinadi. Holat «Оплачено» bo‘lsa-yu, pul kelmagan bo‘lsa, bank yoki to‘lov tizimiga murojaat qilinadi.
Depozit qilingan pulni yechishdan oldin uni tikishlar bilan aylantirish talab qilinadi. Sport liniyasidagi tikishlar hisobga kirishi uchun koeffitsiyent 1.3 dan past bo‘lmasligi kerak. Fribetlar, promo va bonus tikishlari, qaytarilgan yoki keshaut qilingan kuponlar, bir voqeaning qarama-qarshi natijalariga tikishlar hisobga olinmaydi. Xavfi yo‘q yoki minimal bo‘lgan o‘yinlardagi (ruletka, bakkara, poker, kostlar va hokazo) tikishlar ham sanalmaydi.
Misol: hisobga 300 000 UZS kiritildi. Siz 1.25 koeffitsiyentli ordinarga 100 000 UZS va 1.8 koeffitsiyentli ordinarga 200 000 UZS tikdingiz. Birinchi kupon 1.3 chegarasidan past bo‘lgani uchun aylanmaga kirmaydi. Hisobga faqat 1.8 koeffitsiyentli 200 000 UZS lik tikish olinadi, qolgan qismini 1.3 va undan yuqori koeffitsiyentda tikish kerak bo‘ladi. Faol bonus hisobi bor paytda pul yechish so‘rovi bonusni yo‘qotishi mumkin.
Verifikatsiya nima uchun kerak?
«Личные данные» bo‘limida telefon raqami (SMS yoki qo‘ng‘iroq kodi) va email (pochtaga kelgan kod) bog‘lanadi. Pul yechishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat so‘ralishi mumkin. Hujjat bilan bog‘liq savollar uchun [email protected] manzili ishlaydi. Hujjatlarni faqat kabinetdagi himoyalangan yuklash oynasi orqali yuboring. Qo‘llab-quvvatlash xizmati parol, SMS kodi yoki kartaning CVC raqamini hech qachon so‘ramaydi.
To‘lov kechiksa nima qilish kerak?
Depozit bankdan yechilgan, lekin hisobga tushmagan bo‘lsa, operatsiya skrinshotini yoki bank ko‘chirmasini tayyorlang. Keyin operatsiya vaqti va summasini ko‘rsatib, sayt chatiga yoki qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing. SMS tasdiqlash kelmasa va to‘lovni yakunlab bo‘lmasa, avval bank yoki to‘lov tizimi bilan bog‘laning. Shaxsiy ma’lumotlar qanday saqlanishi maxfiylik siyosatida tushuntirilgan.
Byudjet va mas’uliyatli o‘yin
Kassadan faqat 18 yoshga to‘lgan hisob egasi foydalanadi. Hisob sozlamalarida depozit summasiga cheklov qo‘yish yoki o‘yindan vaqtincha chetlashishni yoqish mumkin. Kundalik xarajat uchun ajratilgan pulni depozitga yubormang, yo‘qotishni qaytarish uchun hisobni qayta-qayta to‘ldirmang. Masalan, oylik o‘yin budjeti 300 000 UZS bo‘lsa, uni haftasiga 75 000 UZS dan bo‘lish va depozit limitini shu summaga qo‘yish mumkin.
Ko‘p beriladigan savollar
Minimal depozit qancha?
Minimal summa tanlangan usul oynasida ko‘rsatiladi. Xush kelibsiz bonusi uchun birinchi depozit kamida 15 000 UZS, qo‘shimcha 250 FS uchun esa 125 000 UZS bo‘lishi kerak.
Pul yechish qancha vaqt oladi?
Odatda bir necha daqiqa, eng uzog‘i 72 soatgacha. Joriy holat «История запросов» ro‘yxatida ko‘rinadi.
Pulni boshqa usulga yechsa bo‘ladimi?
Qoida bo‘yicha pul hisob to‘ldirilgan usulning o‘ziga qaytariladi. Shu sababli depozit uchun o‘zingizga tegishli karta yoki hamyonni tanlang.
Nega qo‘shimcha hujjat so‘raldi?
Pul yechishda shaxsni yoki to‘lov vositasiga egalikni tasdiqlash so‘ralishi mumkin. Hujjatlar faqat kabinetdagi yuklash oynasi orqali yuboriladi.
Pul yechish so‘rovini bekor qilish mumkinmi?
Ha, so‘rov tekshiruv bosqichida turgan paytda «История запросов» ichidagi «Отменить вывод» tugmasi ishlaydi. Mablag‘ balansda qoladi.
